06ноя
“Sog‘liqni saqlash vaziri va kasaba uyushmasi raisi kubogi — 2026” sport musobaqalarining viloyat bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.




«Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot» shiori ostida o‘tkazilgan musobaqasida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali jamoasi musobaqalarda munosib natijalarni qayd etdi:
🥉Futbol — faxrli 3-o‘rin;
🥈Shashka va shaxmat — faxrli 2-o‘rin.
«Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot» shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalar soha xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Filial jamoasini erishilgan natijalar bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda yangi marralar, yangi g‘alabalar va respublika bosqichi turibdi.
🏆 Respublika bosqichida ham omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik 


